Tekshir

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 21-oktabr

1. Kimlar uchun

Tekshir.si — o‘quv markazlari test va javob varaqlarini tekshirishi uchun xizmat. Hisob egasi (o‘quv markazi) o‘z o‘quvchilari ma’lumotlarini xizmatga yuklaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi. Biz bu ma’lumotlarni faqat markaz topshirig‘i bilan, varaqlarni tekshirish uchun qayta ishlaymiz.

2. Qanday ma’lumotlar saqlanadi

3. Nima uchun

Hisobga kirish va uni himoyalash, varaqlarni tekshirish, natija va hisobotlarni tayyorlash, kreditlarni hisoblash, natija tayyorligi haqida Telegram xabari yuborish, xatolarni topish va suiiste’molning oldini olish uchun. Ma’lumotlarni reklama uchun sotmaymiz va boshqa maqsadda ishlatmaymiz.

4. Kimga uzatiladi

5. Qancha muddat saqlanadi

Ma’lumotMuddat
Muvaffaqiyatli yakunlangan imtihon skanlariExcel va PDF natijalar tayyor bo‘lishi bilan avtomatik o‘chiriladi
Yakunlanmagan yoki muammoli imtihon skanlariOxirgi o‘zgarishdan 90 kun o‘tgach o‘chiriladi
Natijalar, hisobotlar, o‘quvchilar ro‘yxatiSiz imtihonni yoki hisobni o‘chirguningizcha
Shifrlangan zaxira nusxalar14 kun, keyin avtomatik o‘chadi
Kredit va to‘lov yozuvlariBuxgalteriya talablari muddatida, hisob o‘chirilgandan keyin shaxsiy ma’lumotlarsiz
Server jurnallari30 kungacha

6. O‘chirish va huquqlaringiz

Imtihonni ro‘yxatdagi o‘chirish tugmasi bilan, hisobni esa Sozlamalar → Hisobni o‘chirish orqali o‘zingiz o‘chirasiz: barcha imtihonlar, skanlar, natijalar va o‘quvchilar ro‘yxati darhol o‘chiriladi, zaxira nusxalardan 14 kun ichida yo‘qoladi. O‘quvchi yoki ota-ona o‘z ma’lumotlari bo‘yicha avvalo o‘quv markaziga murojaat qiladi; markaz ularni xizmatda tuzatishi yoki o‘chirishi mumkin.

7. Himoya

Ulanish HTTPS bilan shifrlanadi, parollar xeshlanadi, har bir markaz faqat o‘z ma’lumotlarini ko‘radi, zaxira nusxalar shifrlanadi. Qo‘llab-quvvatlash xodimi hisobingizga faqat murojaatingiz bo‘yicha kiradi va har bir kirish o‘chirib bo‘lmaydigan jurnalga yoziladi. Xodim parolingizni hech qachon so‘ramaydi.

8. Aloqa

Maxfiylik bo‘yicha savollar: +998 77 122 12 77. Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada kuchga kirish sanasi bilan e’lon qilinadi.