Tekshir

Foydalanish shartlari

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 21-oktabr

1. Xizmat

Tekshir.si o‘quv markazlariga titul va test materiallarini tayyorlash, skanerlangan javob varaqlarini avtomatik tekshirish va natijalarni Excel/PDF ko‘rinishida olish imkonini beradi. Hisob ochib, siz ushbu shartlarga va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

2. Hisob

3. Kreditlar

4. Natijalar

Tizim varaqlarni avtomatik o‘qiydi; shubhali varaq va javoblarni o‘qituvchi ko‘rib chiqishi uchun ajratadi. Yakuniy natijani e’lon qilishdan oldin uni tekshirish markaz zimmasida. Noto‘g‘ri chop etilgan, buklangan yoki sifatsiz skanerlangan varaqlar noto‘g‘ri o‘qilishi mumkin.

5. Taqiqlangan foydalanish

Boshqa markaz ma’lumotlariga kirishga urinish, xizmatni haddan tashqari so‘rovlar bilan yuklash, zararli fayl yuklash va xizmatdan qonunga zid maqsadda foydalanish taqiqlanadi. Bunday holatda hisob to‘xtatilishi mumkin.

6. Mavjudlik

Xizmat uzluksiz ishlashi uchun harakat qilamiz, lekin texnik ishlar yoki nosozlik paytida vaqtincha ishlamasligi mumkin. Uzilgan tekshirish davom ettiriladi; yuklangan varaqlar yo‘qolmaydi va o‘qilmagan varaqlar uchun kredit olinmaydi.

7. O‘zgarishlar va aloqa

Shartlar o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada kuchga kirish sanasi bilan e’lon qilinadi. Savollar: +998 77 122 12 77.